O`zbekistonga tashriflar
01.11.2015

O‘zbekiston Prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-noyabr kuni Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutladi va uning O‘zbekistonga ilk tashrifi o‘zaro hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib, o‘zaro savdo hajmi barqaror o‘smoqda. AQShning “General Motors” korporatsiyasining O‘zbekistondagi samarali faoliyati bu sohadagi muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biridir. Strategik sheriklik doirasida Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida yuqori texnologiyali uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

25.10.2015

Strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 24-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrifning asosiy voqealari 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Yaponiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe shohsupaga ko‘tarildilar. Davlat madhiyalari yangradi. O‘zbekiston va Yaponiya rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Islom Karimov va Shindzo Abening tor doiradagi uchrashuvida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

08.10.2015

O‘zbekiston – Turkmaniston: Vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik va hamkorlikning yangi ufqlari

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

22.09.2015

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22-sentabr kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi Eksport-import banki (Eksimbank) prezidenti Li Duk Xunni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama va izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

29.07.2015

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29-iyul kuni Oqsaroyda «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyasi raisi Susumi Xosoini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida turli sohalarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Yaponiyaning yuqori texnologiyali yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlari izchil kengayib bormoqda.

Toshkentda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «Isuzu Motors Ltd.» o‘rtasida Yaponiyaning ushbu kompaniyasi «SamAvto» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischilari tarkibiga kirishi to‘g‘risida bitim imzolandi.

27.07.2015

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-iyul kuni Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarga asoslangan munosabatlar amaliy xususiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Turli daraja va yo‘nalishlardagi doimiy muloqotlar O‘zbekiston va AQShga ko‘pqirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish imkoniyatini berayotgani qayd etildi.

15.07.2015

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-iyul kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkam strategik sheriklikka asoslangan bo‘lib, o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha izchil rivojlanib bormoqda.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston mazkur uchrashuvni o‘zaro manfaatli keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini berayotgan doimiy siyosiy muloqotlarning davomi, deb bilishini ta’kidladi.

07.07.2015

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida 7-iyul kuni Mustaqillik maydonida bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

07.07.2015

O‘zbekiston – Hindiston: hamkorlikni rivojlantirishning yangi imkoniyatlari

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 6-iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilgani va o‘zaro hamkorlik xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stona aloqalariga asoslanishi bilan ajralib turadi.

O‘zbekistonda Hindistonni boy tarix va o‘ziga xos madaniyatga ega mamlakat sifatida azaldan yaxshi biladi. Xalqimizni ushbu mamlakat bilan qadimiy madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar, eng muhimi, samimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi.

15.06.2015

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-iyun kuni Oqsaroyda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad al-Sabohni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Osiyo olimpiya kengashi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqil fikrlaydigan, kuchli irodali, dunyoqarashi keng avlod voyaga yetmoqda. Sport ta’lim tizimining uzviy qismi sifatida rivojlanmoqda. Yoshlar, xususan, qizlar sportga keng jalb etilmoqda.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati