O`zbekistonga tashriflar
24.06.2016

Prezident Islom Karimov Prezident Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
23.06.2016

Prezident Islom Karimov Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Islom Karimov Vladimir Putin bilan muloqot chog‘ida ushbu uchrashuv O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorlikning mantiqiy davomi, mamlakatlarimiz strategik sheriklikni rivojlantirish yo‘lidan borayotganining yaqqol namoyoni ekanini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi barcha sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. 2015-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,4 milliard AQSh dollaridan oshdi.

23.06.2016

Prezident Islom Karimov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Islom Karimov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan suhbatda ushbu uchrashuv oliy darajadagi siyosiy muloqotlarning mantiqiy davomi, erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

23.06.2016

Prezident Islom Karimov Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda o‘zbek va tojik xalqlarini azaliy do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalari, madaniyat va an’analar uyg‘unligi bog‘lab turishi ta’kidlandi.

23.06.2016

Prezident Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan suhbatda uning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan hamkorlikning yana bir ifodasi ekanini qayd etdi. Bu davlatlarimiz mintaqada va xalqaro miqyosda bir-birining nufuzini oshirish hamda pozitsiyasini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlab kelayotganini namoyon etishini ta’kidladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.08.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati