O`zbekistonga tashriflar
27.10.2009

Islom Karimov "Rossiya temir yo‘llari" OAJ prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27 oktabr kuni Oqsaroyda MDHning Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi raisi, “Rossiya temir yo‘llari” OAJ prezidenti Vladimir Yakuninni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari temiryo‘lchilarining hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini, ularning Toshkentda o‘tayotgan forumi bu fikrning yaqqol dalili ekanini ta’kidladi.

Muloqot chog’ida O’zbekiston va MDH hamda Boltiqbo’yi davlatlari temir yo’l kompaniyalari o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

23.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 oktabr kuni Oqsaroyda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Somanaxalli Krishnani qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlarining tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinligiga asoslangan.

O‘zbekiston-Hindiston o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatlar o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosiga qurilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tashqi siyosat mahkamalari muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazib turadi.

12.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 12 oktabr kuni Oqsaroyda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Robert Bleykni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-AQSH munosabatlari ko‘plab sohalardagi hamkorlikni, shuningdek, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash kabi keng ko‘lamdagi xalqaro masalalarni qamrab olishini qayd etdi.

Mamlakatlarimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash ishlarida hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistonga noharbiy va gumanitar yuklar yetkazib berilmoqda.
09.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9 oktabr kuni Oqsaroyda “General Motors International Operations” prezidenti, “General Motors” korporatsiyasi ijrochi vitse-prezidenti Nik Raylini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston avtosanoati bilan “General Motors” o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, ushbu uchrashuv hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Muzokara chog‘ida yangi model liniyasini tashkil qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish, mahsulot eksporti hajmini oshirish, eksport bozorlaridagi savdo strategiyasini...

08.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 8 oktabr kuni Oqsaroyda Shveysariya Konfederatsiyasining Federal maslahatchisi, Federal tashqi ishlar departamenti rahbari Mishlin Kalmi-Rey xonimni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini, ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikka oid turli masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Shveysariya Yevropa davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Toshkentda o‘z diplomatik vakolatxonasini ochgan. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash...

11.09.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11 sentabr kuni Oqsaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini, MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori va Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi majlisi ishtirokchilarini qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, SHHT sakkiz yillik faoliyati davomida mintaqaviy va global xavfsizlik arxitekturasini shakllantirishda muhim rol o‘ynayotgan nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. O‘tgan davrda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi, tashkilot oldida turgan g‘oyat muhim dasturiy maqsad va vazifalarni bajarish yo‘lida ulkan qadamlar qo‘yildi.

04.09.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 sentabr kuni Oqsaroyda “ MAN” kompaniyalar guruhi Direktorlar kengashi raisi Xokan Samuelssonni qabul qildi.

– “ MAN Nutzfahrzeuge AG” konserni bilan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani siz rahbarlik qilayotgan “ MAN” kompaniyalar guruhining mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatiga qiziqishidan dalolatdir, – dedi davlatimiz rahbari.

18.08.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18 avgust kuni Oqsaroyda AQSH Qurolli kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi qo‘mondoni Devid Petreusni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishga muhim ahamiyat berishini hamda o‘zaro hurmat va teng huquqli sheriklik tamoyillari asosida ikki va ko‘p tomonlama samarali hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

10.08.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 avgust kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi Prezidentining maxsus vakili An Sang Suni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochayotganini alohida qayd etish joiz. O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalalari, ko‘plab mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar borasida hamfikrdir. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish bilan birga, xalqaro maydonda bir-birining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

13.07.2009

Oqsaroyda qabul
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 13 iyul kuni Oqsaroyda Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Uilyam Bernsni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari ushbu uchrashuv tomonlarni qiziqtirgan ikki va ko’p tomonlama hamkorlik masalalari xususida fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

– Tashrifingizni ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlarini inobatga olgan holda O’zbekiston bilan amaliy va samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga AQSh tayyor ekanining tasdig’i deb bilamiz, – dedi Islom Karimov.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 13.11.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati