O`zbekistonga tashriflar
03.03.2017

O‘zbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Bugungi kunda hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni tashkil etuvchi 59 loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan.

02.03.2017

O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi yordamchisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yenchani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilotga a’zo bo‘lganining 25-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi uchun minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashda davom etishini ta’kidladi.

Prezidentimiz BMTning global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilik hamda bugungi kunning boshqa xavf va tahdidlariga qarshi kurashishda tutgan muhim o‘rnini alohida qayd etdi.

01.03.2017

O‘zbekiston Prezidenti "Jeneral Elektrik" kompaniyasi vitse-prezidentini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri "Jeneral Elektrik" kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollettni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari ishbilarmon doiralarining uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Yaqinda Toshkentda AQShning "Jeneral Elektrik", "SiEnEych Indastrial", "Katerpillar", "Xanivell", "Prokter end Gembl" va boshqa yetakchi kompaniyalari ishtirokida Amerika – O‘zbekiston savdo palatasining biznes-forumi muvaffaqiyatli o‘tdi.

28.02.2017

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimizning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

23.02.2017

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror va izchil rivojlanayotgani hamda mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

15.02.2017

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari ko‘plab yo‘nalishlarda, xususan, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2016-yil 6-sentabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlar faol va samarali amalga oshirilayotgani qayd etildi.

01.02.2017

O‘zbekiston Prezidenti Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, AQSh yetakchi kompaniyalari vakillari delegatsiyasining tashrifi va hamkorlikda biznes-forum o‘tkazilgani tomonlarning O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida o‘zaro foydali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi va intilishi ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Yigirma yildan ko‘proq vaqt avval tashkil etilgan Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma dastur hamda loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishning muhim mexanizmiga, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida ishonchli ko‘prikka aylandi.

19.01.2017

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Jahon banki hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda o‘zaro hamkorlik elektr-energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, suv ta’minoti, ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlarida Jahon bankining 2,8 milliard dollar mablag‘i jalb etilgan 33 qo‘shma loyihani o‘z ichiga oladi.

24.12.2016

O‘zbekiston – Qirg‘iziston: hamkorlikning yangi ufqlari

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 24-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi.

O‘zbek va qirg‘iz xalqlari azaldan yaqin qo‘shni sifatida tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimiz tarixi, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak, an’ana va urf-odatlari o‘xshash.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi an’anaviy hamkorlik yangicha mazmun kasb etdi. Keyingi paytlarda o‘zaro aloqalar sezilarli ravishda faollashdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar tashrifi amalga oshirildi. Mamlakatlarimiz jamoatchiligi Andijon va O‘sh shaharlariga delegatsiyalarning o‘zaro tashrifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

23.12.2016

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, qardosh Qozog‘istonning rahbariyati va xalqini tarixiy sana – Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida qaror topgan va chuqur tarixiy ildizlarga ega ishonchli va samarali munosabatlar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga javob berishi va o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida bugun jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 16.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati