O`zbekistonga tashriflar
17.10.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-oktabr kuni Oqsaroyda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturining rahbari Helen Klarkni qabul qildi

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, xususan, BMT Taraqqiyot dasturi bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etib, dolzarb masalalar, jumladan, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, uning izchil rivojlanishini ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha amaliy tashabbuslarni ilgari surmoqda.

02.10.2014

O‘zbekiston va YuNVTO hamkorligi rivojlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-oktabr kuni Samarqand shahridagi «Forumlar majmuasi»da BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) Ijroiya kengashining 99-sessiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan mazkur tashkilot Bosh kotibi Taleb Rifaini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu tashrifga YuNVTO mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanining tasdig‘i, deb qarashini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda turizmning xalqaro, ekologik, tabiiy-madaniy, tibbiy va boshqa zamonaviy turlarini, soha infratuzilmasini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni o‘rganish va restavratsiya qilish, kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, Buyuk ipak yo‘li brendini birgalikda targ‘ib etish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

06.08.2014

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6-avgust kuni Oqsaroyda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Toshimitsu Motegini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida faol rivojlanib borayotgan muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini ta’kidladi. Bu o‘zaro manfaatli hamkorlik, avvalambor, iqtisodiy sohadagi aloqalar holatini baholash va uni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishini qayd etdi.

30.07.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30-iyul kuni Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.

10.07.2014

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10-iyul kuni Oqsaroyda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto‘g‘lini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini baholash, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston bilan Turkiyani azaldan nafaqat madaniyatimiz, tilimiz va ma’naviyatimiz mushtarakligi, balki savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda teng huquqli hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik bog‘lab turishi qayd etildi.

18.06.2014

Prezidentlar Samarqandga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 18-iyun kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmon qadim shaharning muazzam tarixiy obidalari bilan tanishuvni Mirzo Ulug‘bek rasadxonasidan boshladi. Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek bunyod etgan mazkur inshoot ajdodlarimiz zakosi, yurtimiz ilm-fanining chuqur ildizlaridan dalolat beradi. Pak Kin Xega mashhur olim va davlat arbobi hayoti va ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berildi.

– Rasadxonaga kirishim bilan Mirzo Ulug‘bekning qanchalar buyuk daho va ulkan iqtidor egasi bo‘lganini his etdim, – dedi Koreya Respublikasi Prezidenti.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari “Afrosiyob” muzeyida bo‘ldilar. Undagi eksponatlar xalqimiz davlatchilik tarixidan, mamlakatimizda qadimdan hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangani, xalqaro aloqalar keng yo‘lga qo‘yilganidan hikoya qiladi. Devoriy suratlardan birida Afrosiyob (qadimgi Samarqand) hukmdorining turli mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi aks etgan. Ular orasida Choson (Koreya) elchisining ham borligi xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar ildizi bir necha asrlarga borib taqalishidan dalolat beradi.

17.06.2014

O‘zbekiston – Janubiy Koreya: strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 16-iyun kuni ilk davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrifning asosiy voqealari 17-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Dastlab Koreya Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Islom Karimov va Pak Kin Xe shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Islom Karimov bilan Pak Kin Xening tor doiradagi uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

16.06.2014

Koreya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 16-iyun kuni ilk davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Koreya Respublikasi delegatsiyasi Ko‘ksaroy qarorgohiga yo‘l oldi.

13.06.2014

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 13-iyun kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining maxsus yordamchisi, AQSh milliy xavfsizlik kengashining Rossiya va Yevroosiyo bo‘yicha katta direktori Selest Anna Uollanderni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim muammolar atroflicha muhokama qilindi.

06.06.2014

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6-iyun kuni Oqsaroyda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Joze Gratsianu da Silvani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi faol ishtiroki uchun mehmonga minnatdorlik bildirdi. Prezidentimiz FAO oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga doir xalqaro siyosat va tadbirlarni ishlab chiqish borasida jahon hamjamiyatining muhim instituti ekanini qayd etdi.

O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga a’zo bo‘lgan 2001-yildan buyon mamlakatimizda sakkizta milliy va mintaqaviy loyiha amalga oshirildi. Ayni paytda milliy va mintaqaviy ahamiyatga molik yana beshta loyiha hayotga tatbiq etilmoqda.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati