Xorijiy davlatlarga tashriflar
19.04.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi yakunlariga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XXR Raisi Xu Szintaoning taklifiga binoan 2011 yil 19-20 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi.

Tashrif dasturi tadbirlarga boy bo‘lib, ketma-ket qator uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining samolyoti Pekin shahri aeroportiga qo‘nganidan keyin bir soat o‘tar-o‘tmas, Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida Islom Karimovni tantanali rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shundan so‘ng ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Islom Karimov va Xu Szintaoning muzokaralari o‘tkazildi va ko‘plab hujjatlar imzolandi.

Muzokara avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu tashrifiga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirish jarayonining mantiqiy davomi, har ikki tomonni qiziqtirgan g‘oyat muhim masalalar yuzasidan fikr almashish va ularni muhokama qilish, samarali hamkorligimizga yangi sur’at baxsh etish imkoniyati sifatida qaraymiz”, deb ta’kidladi.

10.02.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga rasmiy tashrifi yakunlariga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kanning taklifiga binoan 2011 yil 8-10 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashrif davomida Tokioda Yaponiya Imperatori Akixito, Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan, Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari – T.Nishioka va T.Yokomichi, tashqi ishlar vaziri S.Mayexara, “Yaponiya demokratik partiyasi – O‘zbekiston” va “Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi – O‘zbekiston” parlament do‘stlik ligalari rahbariyati va a’zolari bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan, hamkorlikning keng ko‘lamli yo‘nalishlari bo‘yicha samarali va batafsil muloqot o‘tkazdilar.

Tomonlar O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng va 1991 yil dekabr oyida davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganidan keyin ikki tomonlama aloqalar teng huquqlilik, konstruktiv hamkorlik va manfaatlarni o‘zaro hurmat qilish tamoyillari asosida izchil rivojlanib kelayotganini ta’kidladilar. O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga 1994 yil may oyidagi ilk tashrifi chog‘ida o‘zaro uzoq muddatli va keng ko‘lamli munosabatlarning mustahkam asosi yaratildi.

Tokioda 2002 yil iyul oyida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasidagi Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot O‘zbekiston-Yaponiya oliy darajadagi hamkorligi rivojining amaliy ifodasi bo‘ldi. Yaponiya Bosh vaziri Jun’ichiro Koidzumining 2006 yil avgust oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama siyosiy muloqot izchil davom ettirildi. 2010 yilning may oyida Toshkentda o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 43-yillik majlisida Yaponiya delegatsiyasi rahbari bo‘lgan, bugungi kunda ushbu mamlakat Bosh vaziri Naoto Kan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi.
25.01.2011

Hamkorlikni rivojlantirish va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuel Barrozoning taklifiga binoan 2011 yil 24 yanvar kuni Bryusselda bo‘ldi.
Belgiya Qirolligi poytaxtiga tashrif asnosida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuel Barrozo, YEIning energetika bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger, NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashdi.

Do‘stona va ochiqlik ruhida kechgan muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-YEI, O‘zbekiston-NATO munosabatlarining bugungi ahvoli va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

11.12.2010

Xavfsizlik va hamkorlik masalalari muhokamasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi va MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Kremlda dastlab ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi bo‘ldi. Unda mazkur tashkilotga a’zo mamlakatlar Prezidentlari qatnashdi.

Muzokarada ODKB doirasida xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy uyushgan jinoyatchilik kabi tahdidlarni bartaraf etish, kollektiv xavfsizlik tizimini shakllantirish borasida hamkorlikni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar joriy yilning iyun oyida Qirg‘iziston janubida yuz bergan voqealar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar ODKB davlatlariga umumiy tahdidlarning tezkorlik bilan oldini olishni nazarda tutadigan hujjatlarni ko‘rib chiqdilar. Sessiyada xavfsizlikka tahdid soladigan boshqa favqulodda vaziyatlarda ODKBning sa’y-harakatlari qanday bo‘lishi zarurligi muhokama qilindi. Turli tahdidlar oqibatida kelib chiqadigan xavf-xatarlarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
24.11.2010

O‘zbekiston-Qatar: hamkorlikni izchil rivojlantirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qatar Davlati Amiri shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qatar xalqlarining tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinligi, mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi mushtarak intilishlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun puxta zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Iqtisodiyot globallashib, jahon bozorlarida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda energiya manbalariga, zamonaviy texnologiyalarga, transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini yanada rivojlantirishga talab tobora oshmoqda. Bularning barchasi O‘zbekiston va Qatarning o‘zaro aloqalarini rivojlantirishni zamonning o‘zi talab qilayotganini anglatadi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimovning Qatarga tashrifi o‘z vaqtida amalga oshirilgan, siyosiy va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega voqea bo‘ldi.

24 noyabr kuni Qatar Davlati Amirining saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Islom Karimov va Amir shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qatarning davlat madhiyalari yangradi. O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

20.10.2010

Hamkorlikning yangi bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19-20 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Mamlakatimiz rahbarining tashrifiga Ashxobodda katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Shahar aeroporti, ko‘chalari ikki mamlakat bayroqlari, o‘zbek va turkman tillaridagi qutlov so‘zlari bilan bezatilgan.

Tashrifning asosiy voqealari 19 oktabr kuni Ashxoboddagi “O‘g‘uzkent” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi suhbatidan boshlandi. O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

20.09.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning taklifiga binoan BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari mazkur sammitda nutq so‘zladi.
20.04.2010

Hamkorlikning yangi imkoniyatlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan 19-20 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi.

Tashrifning asosiy voqealari 20 aprel kuni Kremlda Islom Karimov va Dmitriy Medvedevning yakkama-yakka uchrashuvidan boshlandi. Muloqot chog’ida O’zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

O’zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, Rossiya tashqi siyosatida O’zbekiston bilan munosabatlar alohida o’rin tutadi. Mamlakatlarimiz o’rtasida 2004 yilda Strategik sheriklik to’g’risidagi shartnoma, 2005 yilda Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnoma imzolangan. Bugungi hamkorlik ana shu hujjatlar asosida rivojlanmoqda. Buning tasdig’i sifatida oliy darajadagi muloqotlar muntazam tus olganini ta’kidlash joiz.

12.02.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10-12 fevral kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi.
14.12.2009

O‘zbekiston-Turkmaniston: hamkorlikning yangi bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 13-14 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarini umumiy tarix, mushtarak madaniyat va qadriyatlar bir-biriga bog‘lab turadi. O‘zbek va turkman azaldan bir-birining madaniyatini boyitib, savdo-sotiq qilib, to‘y-tomoshalarida mehmon bo‘lib keladi. Ajdodlarimizning ilmiy va adabiy merosi ham xalqlarimizning umumiy mulki sanaladi. O‘zbekistonda Mahtumquli, Turkmanistonda Alisher Navoiy asarlari kirib bormagan xonadon yo‘q, desa bo‘ladi.

Mamlakatlarimiz mustaqillikka erishganidan keyin an’anaviy do‘stlik va hamkorlik aloqalari yangi zamon ruhida rivojlana boshladi. O‘zaro munosabatlarni rivojlantirishdan O‘zbekiston ham, Turkmaniston ham birdek manfaatdor...


                o`zb   рус   eng
Bugun: 09.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati