Xorijiy davlatlarga tashriflar
13.05.2017

O‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimizning o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

Sizning tashrifingiz Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni yuqori bosqichga ko‘tarishiga ishonamiz, dedi Chjan Detszyan.

13.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Muloqotda O‘zbekistonda XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlari, transport, to‘qimachilik, sayyohlik, qurilish, kimyo sanoatida va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

13.05.2017

O‘zbekiston – Xitoy: strategik sheriklik va do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga keldi.

O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.

12.05.2017

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qator muhim hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim kelishuvlarga erishildi, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.

Ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvidan so‘ng hujjat imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, bunda ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha pozitsiyasi bir xil yoki o‘xshashligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

12.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 12-may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston va Xitoy davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbarini Xitoyga birinchi davlat tashrifi bilan samimiy qutladi.

11.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekinga keldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Shoudu» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari 12-13-may kunlariga belgilangan.
11.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekin shahriga jo‘nab ketdi.

29.04.2017

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi «Caspian Food» shirkatiga tashrif buyurdilar

«Caspian Food» mas’uliyati cheklangan shirkatiga tashrif chog‘ida Prezidentlarga korxonaning uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbarlari uzumni qabul qilish texnologik liniyasi, fermentatsiya jarayoni bilan tanishdilar, mahsulotlarni distillatsiyalash va qadoqlash sexini ko‘zdan kechirdilar.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev tokzor va yong‘oqzorni borib ko‘rdilar.

29.04.2017

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Janubiy Qozog‘iston viloyatiga tashrif buyurdi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi qo‘shnichilik, qardoshlik va o‘zaro hurmat ruhida izchil rivojlanmoqda. O‘zaro aloqalar barcha sohalarda faollashmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 22-23-mart kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifalar ochdi. Ushbu tashrif chog‘ida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 16.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati