Avvalo, barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 72-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Sizlarni va sizlarning timsolingizda ko‘p millatli butun O‘zbekiston xalqini qutlug‘ sana – Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi.
Avvalo, delegatsiyalar rahbarlarining ShHTning o‘tgan davrdagi faoliyati asosiy yakunlari bo‘yicha bildirgan fikrlarini qo‘llab-quvvatlayman. Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganidan buyon o‘tgan 15-yil davomida haqli ravishda nufuzli xalqaro tashkilotlar qatoridan munosib joy oldi, barqaror taraqqiyot, tinchlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, mintaqaviy va global darajada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning ta’sirchan omiliga aylandi.