Yangiliklar
11.06.2013

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 2013-yil 13-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.
06.06.2013

Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Muhtaram ustoz va murabbiylar, hurmatli mehmonlar!

Bugun unib-o‘sib, katta niyat va ishonch bilan hayotga kirib kelayotgan siz, aziz farzandlarimni O‘zbekiston yoshlarining hayotidagi ulkan voqea – yoshlik, go‘zallik va sport bayrami bo‘lmish “Universiada – 2013” o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
23.05.2013


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 23-may kuni Oqsaroyda O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarning rahbarlari etib tayinlangan – Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Yuriy Shterk va Yaponiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Fumixiko Kato ishonch yorliqlari topshirdi. Davlatimiz rahbari diplomatlarni mas’uliyatli va sharafli missiya boshlayotgani munosabati bilan qutlab, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati