Yangiliklar
16.07.2013

Qadrli do‘stlar!

Siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barcha dala mehnatkashlarini rizq-ro‘zimiz va boyligimiz manbai, dasturxonlarimizning to‘kinligi, to‘qchilik belgisi bo‘lmish g‘alladan 7 million 610 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, ulkan mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi bor mana shunday misli ko‘rilmagan natijaga erishib, ko‘pchilik viloyat va tumanlarda, fermer xo‘jaliklarida hosildorlikni yuksak darajaga yetkazganimiz fidoyi dehqon va fermerlarimiz qanday buyuk ishlarga qodir ekanini namoyon etib, butun xalqimizning kayfiyati va ruhini ko‘tardi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
16.07.2013

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 16-iyul kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Xitoy O‘zbekiston uchun do‘st mamlakat bo‘lib kelgani va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishini, ushbu davlat bilan munosabatlar uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida rivojlanishini ta’kidladi. Islom Karimov qayd etganidek, tomonlar Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifiga muhim ahamiyat qaratmoqda.

12.07.2013

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

1. 2013-yilning 15-avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshirilsin.
11.07.2013

Ishonch yorliqlari topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11-iyul kuni Oqsaroyda Pokiston Islom Respublikasi va Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Riaz Husayn Buxari va Li Uk Xyondan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari diplomatlarni yuksak va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani va faoliyat boshlagani bilan qutlab, O‘zbekiston mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida Pokiston va Janubiy Koreya bilan hamkorlikni izchil va jadal rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berishini ta’kidladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati