Yangiliklar
01.09.2013

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 22-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
31.08.2013

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
Aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun mamlakatimiz, butun xalqimiz asrlar davomida orziqib, intilib kutgan, hayotimizning ma’no-mazmuni, ongu shuurimizni tubdan o‘zgartirgan Mustaqillik kunining yigirma ikki yilligini baland ruh va shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.

Ana shu buyuk ayyom bilan, haqiqatan ham barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bilan siz, qadrli yurtdoshlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklashdan baxtiyorman.

31.08.2013

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida el-yurtimiz ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning pok nomlarini tiklash, ruhlarini shod, qadamjolarini obod etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. 

Sobiq mustabid tuzum davrida xalqimizning yuzlab asl farzandlari nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan Toshkent shahrining Bo‘zsuv sohilidagi qarovsiz joy davlatimiz rahbari tashabbusi bilan obod ziyoratgohga aylantirildi. 2000-yilda bu yerda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bunyod etildi. Majmua tarkibida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil qilindi. 31-avgustni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlash ezgu an’anaga aylandi. 

Ushbu an’anaga ko‘ra 31-avgust tongida “Shahidlar xotirasi” xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizni yod etish marosimi o‘tkazildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.
31.08.2013

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 31-avgust kuni Oqsaroyda mamlakatimizga tashrif buyurgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Eni Faleomavayega va Jeyms Patrik Moranni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ularning Mustaqillik bayrami nishonlanayotgan kunlarda kelgani mamlakatimiz to‘g‘risida, o‘zbek xalqining boy madaniyati, ma’naviy va tarixiy merosi hamda an’analari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini berishini ta’kidladi.

“Parlamentarizmni rivojlantirish: O‘zbekiston va AQSh tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada AQShdan nufuzli delegatsiya ishtirok etgani o‘zaro hamkorlik kengayib borayotganidan yana bir dalolat bo‘ldi.

30.08.2013

Asosiy maqsadimiz – inson manfaatlarini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29-avgust kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi 

Shu kunlarda xalqimiz mamlakatimiz mustaqilligining 22-yilligi bayrami ruhi bilan yashamoqda. Yangi-yangi sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, madaniyat va sport inshootlari, savdo markazlari, turar-joylar, yo‘llar, ko‘priklar barpo etilmoqda. 

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida bunday inshootlarni foydalanishga topshirish yaxshi an’anaga aylangan. Ana shu xayrli an’anaga muvofiq istiqlolimizning 22-yillik bayrami oldidan mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, poytaxtimizda ko‘plab yangi inshootlar qurib bitkazildi.
27.08.2013

Samarqand shahrida 27-avgust kuni “Sharq taronalari” to‘qqizinchi xalqaro musiqa festivali boshlandi.
27.08.2013

Prezident islom karimovning “sharq taronalari” to‘qqizinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
Muhtaram festival qatnashchilari!

Qadrli mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lmish Samarqand shahrida, mana shu muhtasham Registon maydonida to‘planib turgan siz, aziz “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarini qutlashga, barcha-barchangizga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromimni bildirishga ruxsat bergaysiz.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.09.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati