Yangiliklar
06.05.2017

Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, poytaxtimiz va butun mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan yirik loyihalar taqdimotlarida ishtirok etmoqda.

Navbatdagi manzil tumandagi “Artel” zavodi bo‘ldi.

O‘zbekistonda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish jadal sur’atda rivojlanayotir. Bu borada, ayniqsa, elektr texnika sanoati yuqori natijalarga erishmoqda. Tarmoqqa katta hajmdagi investitsiyalar jalb etilgan holda yangi-yangi korxonalar tashkil qilinmoqda. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bu korxonalarda eksportbop iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

06.05.2017

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi «Toshkent qog‘ozi» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

Prezident bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda ijaraga berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerning o‘zida Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

06.05.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev zamonaviy energiyatejamkor texnologiyalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni poytaxtimizning Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor lokal qozonxonalarni borib ko‘rdi.

Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 20-apreldagi “2018-2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati