Yangiliklar
11.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekin shahriga jo‘nab ketdi.

10.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va BMT, ushbu nufuzli universal xalqaro tashkilot institutlari, shu jumladan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasida amaliy va ochiq muloqotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi.

Inson huquqlarini har tomonlama himoya qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tarkibiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishi ekani qayd etildi.

10.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.

10.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yilning 11-13-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘ladi.

09.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan qabul marosimidagi nutqi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram faxriylar!

Hurmatli mehmonlar!

Avvalo, barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 72-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

09.05.2017

Ajdodlar matonati va jasorati avlodlar uchun namunadir

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shu kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bog‘ida Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 72-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 500 nafar urush va mehnat faxriysi taklif etildi.

08.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishonchli g‘alabasi va Fransiya Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
06.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 6-may kuni Yashnobod tumanida bo‘ldi.

06.05.2017

Shavkat Mirziyoyev: Aholi salomatligini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrifi chog‘ida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi.

Davlatimiz rahbari poliklinikaning ish tartibi bilan qiziqdi. Muassasaning samaradorligini oshirish, uylarga chiqib, aholiga patronaj xizmati ko‘rsatishni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, poliklinikani ta’mirlash va aholi uchun qulayliklarni oshirish, mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 24.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati