Yangiliklar
13.05.2017

Xitoydagi uchrashuvlar samarali bo‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tadbirlarga, o‘zaro foydali uchrashuvlarga boy bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Van Ilinni qabul qildi.

Mazkur kompaniya mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va qazish, Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash jarayonida faol ishtirok etmoqda.

13.05.2017

Prezidentimiz Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi.

Bosh vazir Prezidentimizning tashrifi davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Xitoy bilan do‘stlik aloqalarini qadrlashini, mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligi izchil rivojlanib borayotgani xalqlarimiz manfaatlariga mos ekanini ta’kidladi.

13.05.2017

O‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimizning o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

Sizning tashrifingiz Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni yuqori bosqichga ko‘tarishiga ishonamiz, dedi Chjan Detszyan.

13.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Muloqotda O‘zbekistonda XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlari, transport, to‘qimachilik, sayyohlik, qurilish, kimyo sanoatida va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

13.05.2017

O‘zbekiston – Xitoy: strategik sheriklik va do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga keldi.

O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.

12.05.2017

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qator muhim hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim kelishuvlarga erishildi, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.

Ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvidan so‘ng hujjat imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, bunda ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha pozitsiyasi bir xil yoki o‘xshashligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

12.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 12-may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston va Xitoy davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbarini Xitoyga birinchi davlat tashrifi bilan samimiy qutladi.

11.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Shveytsariya Konfederatsiyasi Prezidenti Doris Loytxard mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birini qutladilar.

11.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekinga keldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Shoudu» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari 12-13-may kunlariga belgilangan.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati