Yangiliklar
17.05.2017

Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanishdi

Prezidentimiz Mirzaobod tumanidagi «Abdug‘ani Turdiboyevich» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari viloyatda bog‘dorchilik, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish loyihalarini ham ko‘zdan kechirdi. Loyihalar bo‘yicha fikrlarini bildirib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz shu yerda nuroniy otaxonlar bilan muloqot qildi.

17.05.2017

Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahridagi “Sirdaryo Best Fashion” korxonasida bo‘ldi.

17.05.2017

Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori bilan tanishuvi chog‘ida ma’lum qildi.

17.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

16.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.

15.05.2017

O‘zaro ishonch va mustahkam do‘stlikka asoslangan hamkorlikning yuksak natijalari

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yil 11-13-may kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

14.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasiga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi davomida ushbu mamlakatning yetakchi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.

Prezidentimiz Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan yuqori texnologik mahsulotlarga jahon bozorida talab yuqori.

14.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda "Bir makon, bir yo‘l" forumi doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Turkiya rahbari O‘zbekiston bilan munosabatlarni xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yuksak darajaga ko‘tarish tarafdori ekanini ta’kidladi.

14.05.2017

«Bir makon, bir yo‘l» forumi boshlandi

Pekin shahrida xalqaro hamkorlik bo‘yicha «Bir makon, bir yo‘l» forumi boshlandi.

Anjumanning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Asosiy tashabbuskori Xitoy bo‘lgan ushbu loyiha ikki va ko‘p tomonlama aloqalar mexanizmlarini yanada mustahkamlagan holda, xalqaro hamkorlik va taraqqiyotning yangi modellarini shakllantirish va ilgari surishni nazarda tutadi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 16.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati