Yangiliklar
18.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, bosh kotibi Van Chen rahbarligidagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegatsiyasini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida Prezidentimizning yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

17.05.2017

Barcha loyiha va dasturlardan asosiy maqsad – inson manfaatlarini ta’minlashdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Sirdaryo viloyatining salohiyati va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Viloyat iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 2017-yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,8 foiz o‘sgan.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filiali, “Bek” ishlab chiqarish birlashmasi, “Guliston medtexnika”, “Sirdaryo mega lyuks” qo‘shma korxonalari viloyat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda.

17.05.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangiyer shahridagi “Yangiyer” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

17.05.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangiyer shahriga tashrifi chog‘ida xususiylashtirilgan, ammo bugun bo‘sh turgan korxona va obyektlardan samarali foydalanish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan qiziqdi.

Davlatimiz rahbariga viloyat iqtisodiyot kompleksi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan harakatlar rejasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

17.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017-yilning 19-20-may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi.

17.05.2017

Davlatimiz rahbari Xovos tumanidagi “Hoji Gadoyboy ota” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonani ko‘zdan kechirdi.

17.05.2017

Mamlakatimizning barcha shaharlari qatori Guliston shahrida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

2015-2016-yillarda Guliston shahrining O‘zbekiston va Birlashgan ko‘chalarida 180 xonadonga ega 15 ko‘p qavatli uy qurildi. Uylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga mo‘ljallangan.

Prezidentimiz shu uylar joylashgan “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Mahalla raisi va faollari bilan muloqotda mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash, odamlarning turmush darajasi va ishonchini oshirish, mahalla idoralarining imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

17.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.08.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati