Yangiliklar
20.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi.

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

20.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi davomida qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida neft-gaz, energetika, fan-ta’lim, ekologiya, transport-logistika, turizm va sport sohalaridagi aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov muzokaralar o‘zaro hurmat, ishonch va ishchanlik ruhida o‘tganini, erishilgan kelishuvlar istiqbolda O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladilar.

20.05.2017

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov muzokarani O‘zbekiston va Turkmaniston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.

Muzokarada mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiyotning turli sohalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Yoqilg‘i-energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo va metallurgiya sanoati, suv xo‘jaligi inshootlaridan foydalanish, sayyohlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

20.05.2017

Prezidentlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar

Turkmanboshi shahridagi “Avaza” kongresslar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka suhbati bo‘ldi.

Muzokarada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, O‘zbekiston rahbarining mazkur tashrifi o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatdorlik asosidagi sheriklikka yangi sur’at baxsh etishi va uni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqboliga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

19.05.2017

Shavkat Mirziyoyev "Avaza"da dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifi davomida "Avaza" milliy sayyohlik zonasining "Kamalak" bolalar ko‘ngilochar bog‘ida o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi.

Joriy yilning may oyi boshida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Turkmaniston Prezidenti Kaspiy sohilidagi bolalar sog‘lomlashtirish markazlari o‘zbekistonlik bolalarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

19.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19-may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.

Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov kutib oldi.

Turkmanboshi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

19.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19-may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining Turkmanboshi shahrida o‘tadigan uchrashuv va muzokaralarida mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

19.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

18.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


                o`zb   рус   eng
Bugun: 10.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati