Yangiliklar
01.09.2009

Tarixi boy, buguni go'zal, kelajagi buyuk shahar
“O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan tantanali majlis bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Istiqlol el-yurtimiz uchun bemisl ne’matlar in’om etdi. Ming yillar davomida shakllangan boy tariximiz, merosimiz, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimiz mustaqillik tufayli qadr topdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk ajdodlarimizning betakror ilmiy, ma’naviy merosini chuqur o’rganish, qadimiy shaharlarimizning boy tarixini tadqiq etish borasidagi ulkan ishlar haqli ravishda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.

01.09.2009

Avvalambor, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda poytaxtimiz ahli, butun xalqimizni Vatanimizning oltin ostonasi bo’lmish Toshkent shahrining 2200 yillik qutlug’ to’yi, ulug’ bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o’zimning samimiy hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
31.08.2009

Buyuk mamlakatning buyuk bayrami
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Istiqlolimizning 18 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

O‘n sakkiz yil. Kamolot yoshi. Ma’naviy yetuklik ayyomi. Bilaklar kuchga to‘lgan, yuraklar ishonch, umid, muhabbat bilan depsinayotgan navqironlik pallasi. Istiqlolimiz tom ma’noda ana shu kamolot yoshiga qadam qo‘ydi. Dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni, o‘z salohiyati, o‘z so‘ziga ega, iqtisodiy jihatdan qudratli, ilmu ma’rifat bobida benazir Vatanimizda bu yillar yangi jamiyat, yangi davlat qurish yo‘lida asrlarga teng yutuqlar qo‘lga kiritildi.

31.08.2009

Barchangizni Vatanimiz tarixidagi buyuk sana – O‘zbekiston mustaqilligining 18 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sizlarga, sizlar orqali butun xalqimizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va mehr-muhabbatimni bildirishdan baxtiyorman.
29.08.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 avgust kuni Oqsaroyda AQSHning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Richard Norlandni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari ushbu uchrashuv O‘zbekiston-AQSH munosabatlariga doir hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

R.Norland samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, AQSH ma’muriyati O‘zbekiston bilan hamkorlikni ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.
28.08.2009

Xalqaro anjumanlar saroyi bilan tanishuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 28 avgust kuni Toshkent shahri markazida qad rostlagan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi bilan tanishdi.

Istiqlolning har bir yili mamlakatimiz tarixi sahifalariga ulkan bunyodkorlik, xalqimiz erishayotgan olamshumul yutuqlar, ezgulik va shodumonlik, taraqqiyot va farovonlik yili sifatida zarhal harflar bilan bitilmoqda. Shahar va qishloqlarimizda barpo etilayotgan zamonaviy korxonalar, turar joylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, ravon yo‘llar va ko‘priklarni ko‘rib ko‘z quvnaydi, dillarda shukronalik, g‘urur hissi ortadi.

26.08.2009

Yana yangrar Sharq taronalari
Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida 26 avgust kuni “Sharq taronalari” yettinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.

Inson qalbiga yuksak va beg‘ubor tuyg‘ularni singdirish, uni ezgu va xayrli ishlarga da’vat etishda, ma’naviyatini yuksaltirishda musiqaning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Musiqa, ohang, tarona olamdagi tili, dini va urf-odati turlicha bo‘lgan barcha millat va elatlarni birlashtiradigan qudratli vositadir. Ayni paytda musiqa millatning o‘ziga xos qiyofasini belgilovchi muhim omillardandir.

Mustaqilligimizning ilk yillaridan Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘zligimizni anglash, boy tariximizni, serqirra madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

26.08.2009

Bugun mana shu qadimiy va betakror Samarqand zaminiga uzoq-yaqin o‘lkalardan tashrif buyurgan siz aziz mehmonlarimiz bilan, dunyoda nom qozongan “Sharq taronalari” festivalining ishtirokchilari, barcha do‘stu birodarlarimiz va men uchun qadrdon bo‘lgan Samarqand ahli bilan diydor ko‘rishib turganimdan benihoya xursand bo‘lganimni bildirib, barchangizga o‘zimning ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman...
25.08.2009

Istiqlol imkoniyatlari va islohotlar samaralari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 25 avgust kuni Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.

Yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shahar va qishloqlar obodonlashib, zamonaviy korxonalar, keng va ravon yo‘llar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, bog‘ va xiyobonlar bunyod etilayotir.

Viloyatda joriy yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot o‘sishi 9,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, pullik xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda ham barqaror o‘sish ta’minlandi.

18.08.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18 avgust kuni Oqsaroyda AQSH Qurolli kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi qo‘mondoni Devid Petreusni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishga muhim ahamiyat berishini hamda o‘zaro hurmat va teng huquqli sheriklik tamoyillari asosida ikki va ko‘p tomonlama samarali hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati