Yangiliklar
12.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 12 oktabr kuni Oqsaroyda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Robert Bleykni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-AQSH munosabatlari ko‘plab sohalardagi hamkorlikni, shuningdek, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash kabi keng ko‘lamdagi xalqaro masalalarni qamrab olishini qayd etdi.

Mamlakatlarimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash ishlarida hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistonga noharbiy va gumanitar yuklar yetkazib berilmoqda.
09.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9 oktabr kuni Oqsaroyda “General Motors International Operations” prezidenti, “General Motors” korporatsiyasi ijrochi vitse-prezidenti Nik Raylini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston avtosanoati bilan “General Motors” o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, ushbu uchrashuv hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Muzokara chog‘ida yangi model liniyasini tashkil qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish, mahsulot eksporti hajmini oshirish, eksport bozorlaridagi savdo strategiyasini...

08.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 8 oktabr kuni Oqsaroyda Shveysariya Konfederatsiyasining Federal maslahatchisi, Federal tashqi ishlar departamenti rahbari Mishlin Kalmi-Rey xonimni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini, ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikka oid turli masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Shveysariya Yevropa davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Toshkentda o‘z diplomatik vakolatxonasini ochgan. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash...

07.10.2009

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Ummon Sultonligiga amalga oshirgan tashrifi, O‘zbekiston-Ummon munosabatlarini rivojlanishi va chuqurlashuvi xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy, ekspert-tahlilchi, ishbilarmon doira vakillari hamda ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
05.10.2009

O‘zbekiston-Ummon: hamkorlikning yangi ufqlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4-5 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Ummon Sultonligida bo‘ldi.

Ummon Sultonining saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat madhiyalari yangradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Ummon Sultoni Qobus bin Said faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

O‘zbekiston va Ummon rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

04.10.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Ummon Sultonligiga keldi.
Ummon Sultoligi Qirollik saroyi majmuida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
02.10.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ummon Sultoni Qobus bin Saidning taklifiga binoan shu yil 4-5 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Ummon hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinadi.
29.09.2009

Avvalambor, sizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman...
11.09.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11 sentabr kuni Oqsaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini, MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori va Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi majlisi ishtirokchilarini qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, SHHT sakkiz yillik faoliyati davomida mintaqaviy va global xavfsizlik arxitekturasini shakllantirishda muhim rol o‘ynayotgan nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. O‘tgan davrda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi, tashkilot oldida turgan g‘oyat muhim dasturiy maqsad va vazifalarni bajarish yo‘lida ulkan qadamlar qo‘yildi.

04.09.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 sentabr kuni Oqsaroyda “ MAN” kompaniyalar guruhi Direktorlar kengashi raisi Xokan Samuelssonni qabul qildi.

– “ MAN Nutzfahrzeuge AG” konserni bilan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani siz rahbarlik qilayotgan “ MAN” kompaniyalar guruhining mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatiga qiziqishidan dalolatdir, – dedi davlatimiz rahbari.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 11.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati