Yangiliklar
19.11.2009

Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi ekanini e’tiborga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” gi Farmoniga muvofiq...
16.11.2009

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida...
12.11.2009

Sizga mening Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylanganim munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigingiz uchun minnatdorlik izhor etaman. Hozir Yevropa uchun ham, O‘zbekiston uchun ham ulkan imkoniyatlar davri, fuqarolarimiz bizdan barcha uchun farovon, xavfsiz va ishonchli kelajak barpo etishni kutayotgan davr...
11.11.2009

Muhtaram Prezident Janoblari, 
Shveysariyaga qaytar ekanman, mamlakatingizga tashrifim va Siz bilan 8 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida menga ko‘rsatgan mehmondo‘stligingiz uchun o‘zimninig chuqur minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman...
10.11.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan respublikamiz hukumatining 2009 yil 13 fevraldagi yig‘ilishida belgilab berilgan mamlakatimizni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilishi iqtisodiyotni rivojlantirishning barqaror va muvozanatli sur’atlarini saqlash imkonini berdi va 2009 yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishi uchun mustahkam zamin yaratdi.
30.10.2009

Bugun butun yurtimiz, O‘zbekistonimiz hayotidagi quvonchli bir voqea bilan, ya’ni, mamlakatimiz paxtakorlari o‘z zimmasiga olgan shartnoma rejasini muvaffaqiyatli ado etib, katta mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritgani, 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etishga erishgani bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
27.10.2009

Islom Karimov "Rossiya temir yo‘llari" OAJ prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27 oktabr kuni Oqsaroyda MDHning Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi raisi, “Rossiya temir yo‘llari” OAJ prezidenti Vladimir Yakuninni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari temiryo‘lchilarining hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini, ularning Toshkentda o‘tayotgan forumi bu fikrning yaqqol dalili ekanini ta’kidladi.

Muloqot chog’ida O’zbekiston va MDH hamda Boltiqbo’yi davlatlari temir yo’l kompaniyalari o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

27.10.2009

Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning navbatdagi majlisi qatnashchilarini mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida samimiy qutlashdan g‘oyat mamnunman.
23.10.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 oktabr kuni Oqsaroyda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Somanaxalli Krishnani qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlarining tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinligiga asoslangan.

O‘zbekiston-Hindiston o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatlar o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosiga qurilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tashqi siyosat mahkamalari muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazib turadi.

16.10.2009

Ezgu maqsadlarning amaldagi ijobati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari, keng qamrovli o‘zgarishlar bilan tanishish maqsadida 16 oktabr kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Farg‘ona viloyati o‘zining yerosti va yerusti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalari, boy mehnat resurslari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz rahnamoligida viloyatni har tomonlama taraqqiy ettirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Viloyatda joriy yilning 9 oyi davomida yalpi hududiy mahsulot o‘sishi 6,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, pullik xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda barqaror o‘sish ta’minlandi...


                o`zb   рус   eng
Bugun: 11.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati