Yangiliklar
13.12.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 13 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi.
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinadi.
12.12.2009

O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan joriy yil 13-14 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinadi.
10.12.2009

Davlatimiz rahbari Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2010 yilni mamlakatimizda “Barkamol avlod yili” deb e’lon qildi.

Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosidir. Shu bois yurtimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq ham jismoniy, ham ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
09.12.2009

Mamlakatimizda sog‘lom va uyg‘un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar hamda shart-sharoitlarni yaratish, XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida va 2010 yil O‘zbekiston Respublikasida “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan:..
05.12.2009

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
05.12.2009

Bunyodkorligimizning huquqiy asosi
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yig‘ilishda ma’ruza qildi. Yurtboshimiz amalga oshirayotgan izchil islohotlar, betimsol bunyodkorlik ishlarimiz asosida, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida erishayotgan yutuqlarimiz mohiyatida, ongu shuurimizdagi o‘zgarishlar, turmushimizdagi farovonlik zamirida Bosh qomusimizning qoida va ...

05.12.2009

Oqsaroyda 5 dekabr kuni Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish marosimi bo‘ldi.

Yurtdoshlarimiz eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kunini o‘zgacha intiqlik bilan kutadi. Istiqlol shodiyonalari har bir xonadonga kirib boradi, har bir qalbga quvonch bag‘ishlaydi. Ayniqsa, an’anaga muvofiq Prezidentimiz Islom Karimovning farmonlari bilan el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilib, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga ulkan hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizning yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishi milliy bayramimizga yanada ulug‘vorlik bag‘ishlaydi.
02.12.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2 dekabr kuni Oqsaroyda Jons Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Frederik Starr rahbarligidagi AQSH ekspertlari guruhini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari taniqli amerikalik siyosatshunoslarning O‘zbekistonga tashrifi yurtimiz hayoti, jumladan, iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim tizimi rivoji, umuman, mamlakatimiz salohiyati bilan bevosita tanishish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

26.11.2009

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda...
25.11.2009

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida...

                o`zb   рус   eng
Bugun: 13.11.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati