Yangiliklar
31.10.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram “Qurbon hayit”ni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1. 2011 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 noyabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
31.10.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Maykl Xigginsga uning Irlandiya Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.
29.10.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi etib tayinlangani munosabati bilan Noif bin Abdulaziz Ol Saudni muborakbod etdi.
27.10.2011

Prezident Islom Karimov Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan mamlakat Prezidenti Abdulloh Gul va Bosh vazir Rejep Tayyip Erdog’anga qutlovlar yo’lladi.
25.10.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va qardosh turkman xalqini yubiley sana – Mustaqillik qo'lga kiritilganining 20 yilligi bilan tabrikladi.
25.10.2011

Prezident Islom Karimov Chexiya Respublikasi milliy bayrami – Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun munosabati bilan Prezident Vatslav Klausga tabrik yo’lladi.
25.10.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Kristina Fernandes de Kirshnerni Argentina Respublikasi Prezidenti etib qayta saylangani munosabati bilan qutladi.
24.10.2011

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi
Abdulla bin Abdulaziz Ol Saud A’lo Hazratlariga

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu

A’lo Hazratlari ...
24.10.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasining Prezidenti Abdulloh Gul va Bosh vaziri Rejep Tayyip Erdog’anga ta’ziya izhor qildi.
22.10.2011

Islom Karimov AQSH Davlat kotibini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 oktabr kuni Oqsaroyda amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSH siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichda rivojlantirishga xizmat qiladigan keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha sheriklik va o‘zaro anglashuv ruhidagi samarali muloqot tajribasiga ega.

Prezident Islom Karimov Hillari Klinton bilan suhbat chog‘ida AQSH Prezidentining mamlakatlarimiz o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishi lozim, degan fikrini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati