Tabriklar
26.08.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Malayziya Mustaqillik kuni munosabati bilan ushbu mamlakat Podshohi Al-Vasiqu Billah Tuanku Mizan Zaynal Obidin ibn Al-Marhum Sulton Mahmud Al-Muktafiy Billah Shoh Yang di-Pertuan Agong XIIIni muborakbod etdi.
25.08.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Moldova Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Marian Lupuni ushbu mamlakat milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan muborakbod etdi.
28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Muqaddas Ramazon oyi kirib kelayotgani munosabati bilan qator xorijiy davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo‘lladi.
26.07.2011

O’zbekistоn Respublikasi Prezidenti Islоm Karimоv 26 iyul kuni Sveytsariya Kоnfederatsiyasi Prezidenti Мishlin Kalmi-Reyga ushbu mamlakatning milliy bayrami – Kоnfederatsiyaga asоs sоlingan kun munоsabati bilan qutlоv maktubi yo’lladi.

“O’zbekistоnda mamlakatlarimiz o’rtasida qarоr tоpgan kоnstruktiv va o’zarо manfaatli munоsabatlar yuksak qadrlanadi. Bu munоsabatlarni ikki xalq manfaatlari yo’lida barcha sоhalarda yanada rivоjlantirish va kengaytirish uchun ulkan salоhiyat mavjud”, - deyiladi maktubda.

22.07.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi.

Qadrli yurtdoshlar!

Shu kunlarda g‘alla tayyorlash mavsumiga yakun yasab, yuksak xirmon bunyod etgan zahmatkash va fidoyi dehqonlarimizning mardona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirish, ularni bag‘rimga bosib, chin qalbimdan tabriklash menga katta mamnuniyat yetkazadi.
27.06.2011

Qadrli do‘stlar!

Avvalambor, siz, hurmatli jurnalistlar, nashriyot va matbaa sohasi vakillarini – bugungi kunda tobora o‘tkir va ta’sirchan kuchga ega bo‘lib borayotgan, og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi bo‘lgan, o‘zini axborot sohasini rivojlantirishdek olijanob ishga bag‘ishlagan siz azizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, hammamiz uchun aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining yaqinlashib kelayotgan 20 yillik buyuk sanasi arafasida o‘tayotgan bu bayramning alohida ma’no-mazmuni borligini, o‘ylaymanki, nafaqat soha xodimlari, balki ularning ijodi va mehnati mahsulidan har kuni bahramand bo‘ladigan millionlab yurtdoshlarimiz, butun xalqimiz yaxshi anglaydi.
29.04.2011

Aziz farzandlarim!

Hurmatli ota-onalar, ustoz-murabbiylar!

Avvalambor, barcha-barchangizni bugun go‘zal va betakror Surxondaryo zaminida boshlanayotgan “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan xursandman.
21.03.2011

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga go‘zal bahor nafasi bilan birga barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Tabiat ochilib, shahar va qishloqlarimiz yashil libosga burkanib borayotgan mana shu lahzalarda siz, qadrli vatandoshlarimni, butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga o‘zimning samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
05.03.2011

Muhtarama onaxonlar! Munis opa-singillar, lobar qizlarim! Go‘zal yurtimizga barchamiz orziqib kutgan ko‘klam nafasi kirib kelayotgan mana shu yorug‘ kunlarda siz, azizlarimni, sizlar orqali butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.

Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan shu qutlug‘ ayyomda sizlarning aziz va qadrdon yuzlaringiz, ko‘zlaringizga boqib, samimiy tuyg‘u va tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamohang ekanini yanada chuqur anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi olijanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

Darhaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasavvur etolmaymiz.
13.01.2011

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni va o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 19 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Bu yil xalqimiz barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan shonli sana – O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yillik bayramini keng nishonlaydi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati