Tabriklar
13.07.2012

Qadrli do‘stlar!

Avvalo, siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barcha dala mehnatkashlarini mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida yangi sahifa bo‘lmish 7 million 170 ming tonnalik ulkan g‘alla xirmoni bunyod etib, yuksak mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Dunyoda non degan shunday tengsiz va buyuk bir boylik, ulug‘ va tabarruk bir ne’mat borki, uning bahosi, qadr-qimmatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.

Azal-azaldan to‘qchilik, avvalo ko‘zning, ko‘ngilning to‘qligi, dasturxon to‘kinligi, ro‘zg‘orning qut-barakasi bug‘doyning, nonning serobligi bilan belgilab kelinadi, desak, hayotiy haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
27.06.2012

Qadrli do‘stlar!

Siz, hurmatli jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televideniye vakillarini, muhtaram faxriylarimizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Bugun biz yashayotgan, globallashuv va Internet asri deb nom olgan davrda taraqqiyotni, hayotimizni zamonaviy axborot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va ommaviy axborot vositalaridan, siz aziz jurnalistlar faoliyatidan ayri holda tasavvur etib bo‘lmasligini hammamiz yaxshi anglaymiz va sizlarning o‘ta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingizni yuksak qadrlaymiz.
23.05.2012

Aziz bolalarim, farzandlarim!

Hurmatli ota-onalar, ustoz-murabbiylar va sport muxlislari!
Avvalo, sizlarning barchangizni mana shu fusunkor bahor ayyomida chehrasi va bag‘rini ochib, yanada go‘zal qiyofa kasb etgan Navoiy shahrida “Umid nihollari” sport o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab yurtimizda inson, uning hayoti va manfaatlarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratishdek yuksak maqsadni o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘ydik.
22.03.2012

PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING NAVRO‘Z BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Tabiat uyg‘onib, bahor nafasi tobora kuchayib, ona zaminimiz yashil libosga burkanib borayotgan shu yorug‘ va munavvar kunlarda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini yurtimizga kirib kelayotgan Navro‘zi olam – yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.

Navro‘z ayyomi barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, serhosillik va qut-baraka g‘oyasini o‘zida mujassam etadigan, bizning milliy tabiatimiz va qadriyatlarimizdan ajratib bo‘lmaydigan, har qanday siyosatdan xoli, eng qadimiy, eng sevimli bayramimizdir.

07.03.2012

Muhtarama onaxonlar!

Qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib kelayotgan mana shu nurafshon kunlarda siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan qizg‘in tabriklab, sizlarga o‘zimning samimiy tuyg‘u va tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
27.01.2012

Hurmatli do‘stlar! Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 20 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
20.01.2012

Hurmatli Vatandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Siz azizlarni va sizlarning siymongizda ko‘pmillatli butun mamlakatimiz xalqini Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 20 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
13.01.2012

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni, o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob vazifaga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 20 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat yetkazadi.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda.
01.01.2012

O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI Aziz vatandoshlar!

Muhtaram do‘stlar!

Mana shu fayzli oqshomda bayram dasturxoni atrofida jamuljam bo‘lib, yangi yilni kutib olayotgan siz azizlarni, butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning samimiy hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Mana shu shukuhli damlarda yakuniga yetayotgan 2011 yilni kuzatar ekanmiz, mamlakatimiz taraqqiyotida ro‘y bergan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar, qo‘lga kiritilgan yutuq va marralar qatorida o‘z oilamiz va yaqinlarimiz boshidan kechirgan tashvish va muammolar, yangilik va xursandchilik yetkazgan kunlar barchamizning ko‘z o‘ngimizda beixtiyor namoyon bo‘lishi tabiiydir.

O‘ylaymanki, hammamiz bir fikrga qo‘shilamiz – 2011 yil eng avvalo el-yurtimizni yangi, obod va ozod, erkin va farovon hayot qurishga boshlagan buyuk tarixiy va qutlug‘ sana – Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligini keng nishonlash yili bo‘lgani bilan xotiramizda saqlanib qoladi.
21.10.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi.

Aziz do‘stlar!

Eng avvalo, siz qadrdonlarimni – zahmatkash bobodehqon va fermerlarni, suvchi va mexanizatorlarni, agronom va seleksionerlarni, barcha mutaxassis va mutasaddilarni o‘z zimmangizga olgan shartnoma majburiyatlarini sharaf bilan ado etib, yurtimiz xirmoniga 3 million 500 ming tonnadan ortiq yuqori sifatli paxta hosili yetkazib berganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Bugun siz azizlarni chin qalbimdan qutlar ekanman, men ko‘pchilik qatorida paxta yetishtirish kabi dehqonchilik bobida dunyodagi eng murakkab va nozik soha bo‘lmish, nafaqat chuqur bilim va katta tajribani, avvalambor og‘ir va mashaqqatli mehnatni talab qiladigan ishga o‘zini bag‘ishlagan, o‘z kasbining ustasi va fidoyisi bo‘lgan million-million yurtdoshlarimizni o‘zimga tasavvur qilaman va erishilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissangizni yuksak qadrlayman.

Sizlarning peshona teringiz, azmu shijoatingiz bilan qo‘lga kiritilgan bu ulkan marra Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik qutlug‘ to‘yiga yana bir beqiyos sovg‘a bo‘ldi, desam, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 09.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati