Tabriklar
13.01.2010

Qadrli Vatan himoyachilari – askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari! Sizlarni, Vatan himoyachisi degan olijanob ishga o‘zini bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimizning o‘n sakkiz yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
01.01.2010

Muhtaram vatandoshlar!

Qadrli otaxon va onaxonlar, opa-singillar, aziz o’g’il-qizlarim, bolalarim!

Yangi yil kirib kelishiga sanoqli daqiqalar qolgan mana shu fayzli va shukuhli damlarda sizlarni qizg’in muborakbod etishdan, barchangizga samimiy mehr va hurmatimni bildirib, ezgu tilaklarimni izhor qilishdan baxtiyorman.
30.10.2009

Bugun butun yurtimiz, O‘zbekistonimiz hayotidagi quvonchli bir voqea bilan, ya’ni, mamlakatimiz paxtakorlari o‘z zimmasiga olgan shartnoma rejasini muvaffaqiyatli ado etib, katta mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritgani, 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etishga erishgani bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
27.10.2009

Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning navbatdagi majlisi qatnashchilarini mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida samimiy qutlashdan g‘oyat mamnunman.
29.09.2009

Avvalambor, sizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman...
31.08.2009

Barchangizni Vatanimiz tarixidagi buyuk sana – O‘zbekiston mustaqilligining 18 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sizlarga, sizlar orqali butun xalqimizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va mehr-muhabbatimni bildirishdan baxtiyorman.
26.08.2009

Bugun mana shu qadimiy va betakror Samarqand zaminiga uzoq-yaqin o‘lkalardan tashrif buyurgan siz aziz mehmonlarimiz bilan, dunyoda nom qozongan “Sharq taronalari” festivalining ishtirokchilari, barcha do‘stu birodarlarimiz va men uchun qadrdon bo‘lgan Samarqand ahli bilan diydor ko‘rishib turganimdan benihoya xursand bo‘lganimni bildirib, barchangizga o‘zimning ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman...

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.08.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati