Tabriklar
01.01.2011

Aziz vatandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Mana shu hayajonli daqiqalarda bayram dasturxoni atrofida jamuljam bo‘lib o‘tirgan siz azizlarni, butun O‘zbekiston xalqini qutlug‘ qadami bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi – 2011 yil bilan samimiy muborakbod etish va eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

Ayni shu lahzalarda barchamiz o‘tib borayotgan yil davomida boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida ro‘y bergan unutilmas voqealarni, quvonch va tashvishlarni beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, shu kunlarga sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar aytishimiz, hayotning qadr-qimmatini yana bir bor anglashimiz tabiiy, albatta.
15.10.2010

Bugun el-yurtimiz hayotida quvonchli bir kun. Mamlakatimiz paxtakorlari 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, katta mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritdilar.
29.09.2010

Bugun dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb egasi bo‘lgan aziz ustozlarga samimiy tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo‘lining beminnat charog‘bonidir” degan hikmatli so‘zlari beixtiyor yodimizga tushadi...
31.08.2010

Bugun go‘zal va betakror yurtimizda buyuk ayyom, katta tantana. Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan o‘z milliy mustaqilligining o‘n to‘qqiz yillik bayramini baland ruh va xursandchilik bilan kutib olmoqda...
20.07.2010

Avvalambor, siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barcha dala mehnatkashlarini 7 million tonnaga yaqin yuksak g‘alla xirmoni bunyod etib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarixida hech shubhasiz navbatdagi yangi sahifa ochishga erishganingiz – mana shunday ulkan g‘alabangiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
30.06.2010

Joriy yilning 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga muvofiq Sizga Qirg‘iziston Respublikasining o‘tish davri Prezidenti vakolatlari berilgani munosabati bilan tabriklayman hamda do‘st Qirg‘iziston xalqiga chin yurakdan tinchlik va totuvlik, barqarorlik va farovonlik tilayman.
25.06.2010

Avvalambor, siz, hurmatli jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televideniye sohasi fidoyilarini, muhtaram faxriylarimiz, yurtimizdagi barcha mushtariylarni bugungi qutlug‘ ayyom – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
28.05.2010

Avvalambor, siz azizlarni go‘zal va betakror Andijon zaminida boshlanayotgan “Universiada – 2010” sport o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
23.03.2010

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

Aziz do‘stlar, muhtaram mehmonlar!

Biz orziqib kutadigan, bahor, yasharish va yangilanish ramzi – Navro‘zi olam qutlug‘ qadami bilan o‘lkamizga kirib kelmoqda.

Mana shu ulug‘ ayyom bilan siz azizlarni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Hurmatli yurtdoshlar!

Navro‘z barchamiz uchun azal-azaldan avvalo tabiat uyg‘onishi, sharqona yangi yil debochasi, ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va mo‘tabardir.

05.03.2010

Barchamiz hamisha sog‘inib, orziqib kutadigan mana shu ilk bahor kunlarida, tabiat ochilib, ko‘ngillar shodlik va quvonchga to‘lib borayotgan shu fusunkor ayyomda siz, azizlarimni, sizlar orqali butun O‘zbekiston xotin-qizlarini qutlug‘ sana – 8 mart bayrami bilan samimiy muborakbod etishdan baxtiyorman.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 09.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati