Tabriklar
25.05.2017

Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Avvalo, mana shu unutilmas va hayajonli daqiqalarda siz, aziz farzandlarimizni, sizlarga omad va zafarlar tilab turgan muhtaram ustoz-murabbiylar, ota-onalarni, barcha sport muxlislarini go‘zal va betakror Jizzax shahrida “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
17.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.

16.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.

11.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Shveytsariya Konfederatsiyasi Prezidenti Doris Loytxard mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birini qutladilar.

10.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.

08.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishonchli g‘alabasi va Fransiya Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
20.03.2017

O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tabrigi
Aziz vatandoshlar!

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati