ISLOM KARIMOV VETNAM PREZIDENTINI TABRIKLADI
03.09.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vetnam Sotsialistik Respublikasi milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Chiong Tan Shangni muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari O’zbekiston bilan Vetnam o’rtasidagi o’zaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlar bundan buyon ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo’lida mustahkamlanib boraverishiga ishonch bildirib, Chiong Tan Shangga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, Vetnam xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 24.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati