BRAZILIYA PREZIDENTIGA TABRIK
06.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Dilma Vana Russeffni ushbu mamlakat milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari o‘z tabrik maktubida o‘zaro manfaatli munosabatlarning O‘zbekiston va Braziliya xalqlarining tinchlikparvar sa’y-harakatlari bilan uyg‘un holda izchil rivojlanishi mamlakatlarimizning tub manfaatlariga mos kelishini, xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati