ROSSIYA PREZIDENTIGA TABRIK
12.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevni tavallud kuni munosabati bilan muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari o‘zaro manfaatli va samarali O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari bundan buyon ham O‘zbekiston va Rossiya xalqlari farovonligi hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida har tomonlama rivojlanib boraverishiga ishonch bildirdi.

Islom Karimov o‘zining rossiyalik hamkasbiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 24.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati