ISLOM KARIMOV MEKSIKA RAHBARINI QUTLADI
13.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Meksika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Felipe Kalderon Inoxosani ushbu mamlakat milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o‘z qutlov maktubida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar yanada rivojlanib, mustahkamlanib boraverishiga umid bildirib, Felipe Kalderon Inoxosaga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat, butun Meksika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati