ISLOM KARIMOV ARMANISTON PREZIDENTINI QUTLADI
19.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Armaniston Respublikasi Prezidenti Serj Sargsyanni ushbu mamlakat Mustaqillik kuni munosabati bilan muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari o‘z tabrik maktubida O‘zbekiston bilan Armaniston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va uzoq muddatli sheriklik tamoyillariga asoslangan munosabatlar bundan buyon ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida har tomonlama rivojlanib boraverishiga ishonch bildirdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati