ISLOM KARIMOV XITOY RAHBARINI QUTLADI
27.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 62 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Xu Szintaoni muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari o‘z tabrik maktubida mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan ishonchli va sermazmun muloqot O‘zbekistonda yuksak baholanishi va qadrlanishini ta’kidladi. Islom Karimov O‘zbekiston va Xitoy, keng ko‘lamli tub manfaatlar mushtarakligini inobatga olgan holda, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida turli sohalardagi serqirra hamkorlik samaradorligini yanada oshirish borasidagi qo‘shma sa’y-harakatlarini davom ettiraveradi, deb ishonch bildirdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati