ISLOM KARIMOV GERMANIYA FEDERAL PREZIDENTINI TABRIKLADI
29.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Germaniya birlashgan kun munosabati bilan GFR Federal prezidenti Kristian Vulfni muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida O‘zbekistonda Germaniyaga Evropa va umuman butun dunyodagi ishonchli va ustuvor sherik sifatida qaralishini, O‘zbekiston-Germaniya siyosiy muloqotlarini davom ettirish hamda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor berilishini qayd etdi. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi va manfaatlari yo‘lida izchil va barqaror rivojlanib boraverishiga ishonch bildirdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati