KOREYA RESPUBLIKASI PREZIDENTIGA QUTLOVLAR
29.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya tashkil topgan kun munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakka tabrik maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasi delegatsiyasining 2011 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi O‘zbekiston-Koreya aloqalari tarixidagi g‘oyat muhim voqea bo‘lganini, uning samarador natijalari sheriklik munosabatlarimizni sifat jihatdan yangi mazmun bilan boyitish borasida qat’iy mushtarak siyosiy iroda mavjudligining tasdig‘i bo‘lganini ta’kidladi. Islom Karimov o‘z hamkasbiga mustahkam sog‘liq, yangi-yangi muvaffaqiyatlar va oilaviy baxt, Koreya Respublikasining do‘st xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati