ISPANIYA QIROLIGA QUTLOVLAR
08.10.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ispaniya milliy bayrami – Ispan millati kuni munosabati bilan mazkur mamlakat qiroli Xuan Karlos I nomiga tabrik maktubi yo’lladi.

Davlatimiz rahbari o’z maktubida do’stlik va o’zaro anglashuv tamoyillariga tayangan ko’p qirrali O’zbekiston-Ispaniya aloqalari bundan keyin ham ikki xalq manfaatlari yo’lida izchillik bilan rivojlanib borishiga ishonch bildirdi. Islom Karimov Ispaniya qiroliga mustahkam sog’liq va oilaviy baxt, Ispaniya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati