O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA
28.09.2012

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Muhtaram yurtdoshlar!

Bugun, mana shu qutlug‘ ayyomda barchamiz uchun eng aziz, eng qadrli bo‘lgan farzandlarimizga bilim va tarbiya berishdek ulug‘ ishga butun borlig‘ini bag‘ishlagan siz, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylarni chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

Aziz do‘stlar!

Haqiqatan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkita buyuk kasb – shifokorlik va o‘qituvchilik kasbi borki, ular, toki hayot bor ekan, o‘zining ma’no-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi.

Bugun biz O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb nom olgan go‘zal bayramimizni nishonlar ekanmiz, o‘zining iste’dodi va mahoratini, ko‘z nuri va qalb qo‘rini baxsh etib, yosh avlodimizga bilim, ilmu fan sirlari va odamiylik saboqlarini o‘rgatadigan sizdek mo‘tabar zotlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta.

Shu bois bugun sizlarning qo‘lingizda ta’lim va tarbiya, hayotga yo‘llanma olgan, o‘zini sizlarning oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barcha insonlar nomidan, o‘quv maskanlarida ta’lim olayotgan millionlab o‘quvchilar nomidan “Rahmat sizga, muallim, ta’zim sizga, ustozlar!” deb minnatdorlik bildirishimiz har tomonlama o‘rinlidir.

O‘zbekistonimizning taraqqiyoti yo‘l