O‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi
13.05.2017

13052017123456789.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimizning o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

Sizning tashrifingiz Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni yuqori bosqichga ko‘tarishiga ishonamiz, dedi  Chjan Detszyan.

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonning eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biridir. Xitoylik ishbilarmon doiralar vakillari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etmoqda. Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvimizda bu aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldik. Imzolangan hujjatlar mamlakatlarimizning uzoq muddatli strategik sherikligini, o‘zaro hurmat va manfaatdorlikka asoslangan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati