Prezidentlar "Qiz Jibek" operasini ko‘rdilar
23.03.2017

Kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev hamrohligida “Ostona opera” Davlat opera va balet teatriga tashrif buyurdi.

Qozog‘iston Prezidenti tashabbusi bilan qurilgan ushbu teatr 2013-yilda foydalanishga topshirilgan. Tomosha zali 1250 kishiga mo‘ljallangan. Qozog‘istonning ko‘plab madaniy tadbirlari mazkur teatrda o‘tkaziladi.

Oliy martabali mehmon teatr bilan tanishtirildi.

Prezidentlar bu yerda “Qiz Jibek” operasini tomosha qildilar.



                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati