Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi
18.11.2016

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 17 noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 18 noyabrga mo‘ljallangan.

Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 24.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati