Prezident Islom Karimov Prezident Saxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashdi
24.06.2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2406201677.jpg

Prezidentimiz Islom Karimov uchrashuvda Mo‘g‘uliston Prezidentining mamlakatimizga tashrifi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga keng yo‘l ochishini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonda hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ko‘p. Turli sohalarni o‘rganish, foydalanilmayotgan resurslarni ishga solish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiladi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mo‘g‘uliston Prezidenti samimiy uchrashuv uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini qayd etdi. Mo‘g‘uliston mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati