Prezident Islom Karimov Prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashdi
24.06.2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentimiz Islom Karimov uchrashuvda Ashraf G‘anining yurtimizga ilk tashrifi mamlakatlarimiz hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini ta’kidladi.

2406201655.jpg

O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarining tarixi mushtarak, urf-odat va an’analari o‘xshash.

O‘zbekiston hamisha “Qo‘shning tinch – sen tinch”, degan hikmatga amal qilib, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, uning iqtisodiyotini tiklash tarafdori bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimiz Afg‘onistonga elektr energiyasi, meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar eksport qilmoqda. 2016-yilning dastlabki to‘rt oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 14 foiz oshdi.

Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti samimiy uchrashuv uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Afg‘oniston mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati