Afg‘oniston Prezidenti Toshkentga keldi
23.06.2016

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun 23 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini me’yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati