Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi
13.06.2013
Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 13-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.

Bu galgi oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston uchrashuviga an’anaviy do‘stlik va ishonch muhitida davlatlararo hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokamasi uchun qulay imkoniyat sifatida qaralmoqda.

Qozog‘iston O‘zbekistonning mintaqadagi muhim savdo sherigidir. 2012-yil yakuniga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Xalqlarimizning ko‘p asrlik mushtarak an’analari, urf-odat va qadriyatlariga asoslangan madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ham davlat rahbarlarining diqqat markazida turadi.

Rasmiy tashrifning asosiy tadbirlari 14-iyunga mo‘ljallangan.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralar yakunida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini turli sohalarda yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati