Oqsaroyda qabul
29.03.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 mart kuni Oqsaroyda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jeyms Mettisni qabul qildi.

290320121.jpg

Suhbat chog‘ida davlatimiz rahbari keyingi vaqtda O‘zbekiston va AQSH samarali siyosiy muloqot, iqtisodiyot va sarmoya, yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash singari g‘oyat muhim yo‘nalishlar bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirishga erishganini ta’kidladi.

Uchrashuvda mintaqadagi mavjud vaziyat, Afg‘oniston muammosini hal qilish, shuningdek, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish borasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar, jumladan, harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

290320122.jpg

J.Mettis samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Amerika Qo‘shma Shtatlari ikki tomon uchun ham foydali O‘zbekiston-AQSH hamkorligini o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati