Islom Karimov AQSHning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi
29.08.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 avgust kuni Oqsaroyda AQSHning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Richard Norlandni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari ushbu uchrashuv O‘zbekiston- AQSH munosabatlariga doir hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

R.Norland samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, AQSH ma’muriyati O‘zbekiston bilan hamkorlikni ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston- AQSH munosabatlariga doir va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.11.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati