O‘zbekiston Prezidentining Ummon Sultonligiga tashrifiga doir
02.10.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ummon Sultoni Qobus bin Saidning taklifiga binoan shu yil 4-5 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Ummon hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga doir qator ikkitomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati