QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI O‘TISH DAVRI PREZIDENTI ROZA OTUNBOYEVA JANOBI OLIYALARIGA
30.06.2010

Hurmatli Roza Isoqovna!

Joriy yilning 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga muvofiq Sizga Qirg‘iziston Respublikasining o‘tish davri Prezidenti vakolatlari berilgani munosabati bilan tabriklayman hamda do‘st Qirg‘iziston xalqiga chin yurakdan tinchlik va totuvlik, barqarorlik va farovonlik tilayman.

Ishonchim komilki, Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida ro‘y bergan qonli va g‘ayriinsoniy voqealar yuzasidan xolis va adolatli tergov, umid qilamanki, u mutaxassislar va xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi, ko‘p asrlardan buyon Qirg‘iziston janubida yashab kelayotgan qirg‘iz va o‘zbek millatiga mansub aholi manfaatlarining mushtarakligi va uzviyligini namoyon etadi.

Shu bilan birga, ushbu tergov o‘zining qabih maqsadlariga erishish yo‘lida minglab begunoh odamlarning hayotini qurbon qilishdan ham tap tortmaydigan fitnachi va tashqi buyurtmachilarning asl basharasini ochib beradi.

Yana bir bor shuni ishonch bilan ta’kidlamoqchimanki, Qirg‘iziston xalqining aql-idroki bugungi kunda uning boshiga tushgan bu sinovlarni yengib o‘tish imkonini beradi.

Ehtirom bilan,

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati