RAMAZON OYI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN TABRIKLAR
28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Muqaddas Ramazon oyi kirib kelayotgani munosabati bilan qator xorijiy davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo‘lladi.

Mamlakatimiz rahbari o‘z tabrigida samimiy va ezgu tilaklar izhor etar ekan, o‘zaro do‘stona munosabatlar kelajakda ham rivojlanib, mustahkamlanib boraverishiga qatyiy ishonch bildirdi.

Prezident Islom Karimov davlat va hukumat boshliqlariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, shuningdek, do‘st va hamkor mamlakatlar xalqlariga xayr-barakot, doimiy taraqqiyot va farovonlik tilaklarini izhor etdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati