YOSHIXIKO NODAGA QUTLOV MAKTUBI
31.08.2011

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yoshixiko Nodani Yaponiya demokratik partiyasi prezidenti va ushbu mamlakat Bosh vaziri lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o’z maktubida O’zbekiston Yaponiyani Osiyo qit’asi va umuman butun dunyodagi uzoq muddatli va ishonchli hamkor, deb bilishini ta’kidladi hamda Yoshixiko Nodaning shaxsan qo’llab-quvvatlashi va faol ishtiroki bilan mamlakatlarimizning strategik sheriklik aloqalari bundan buyon ham muvaffaqiyatli rivojlanib, mustahkamlanib boraverishiga ishonch bildirdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 24.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati